SHE’RIYATGA OSHNO QALBLAR UCHUN YANGILIK
SHE’RIYATGA OSHNO QALBLAR UCHUN YANGILIK

SHE’RIYATGA OSHNO QALBLAR UCHUN YANGILIK

Tumandoshimiz taniqli shoir va jurnalist Omon Abdulla o‘zining 70 yillik qutlug‘ to‘yi oldidan she’riyat muxlislariga munosib to’yona hozirladi.
Toshkentdagi nufuzli nashriyotlardan birida shoirning “Sog‘inch kamalagi” nomli navbatdagi kitobi bosmadan chiqdi.
Kitobdan Omon Abdullaning so‘nggi yillarda yozgan she’rlari, g‘azallari va balladalari o‘rin olgan. Uning manzumalarida ota-onaga muhabbat, yurtga sadoqat, mehr-oqibat, sevgi va vafo go‘zal tarzda ifoda etilgan.
Shofirkon ijodkorlari, she’riyat muxlislari, adabiyot va san’at ixlosmandlari nomidan zabardast shoirimizni yangi kitob hamda 70 yillik yubiley bilan samimiy qutlaymiz.
Ulkan qalb egasiga sog‘-omonlik, oilaviy xotirjamlik tilagan holda yangi-yangi badiiy ijod durdonalarini kutib qolamiz.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *