“Shofirkon shoir va yozuvchilari: kecha, bugun va ertaga” nomli mushoira kechasi
“Shofirkon shoir va yozuvchilari: kecha, bugun va ertaga” nomli mushoira kechasi

“Shofirkon shoir va yozuvchilari: kecha, bugun va ertaga” nomli mushoira kechasi

Qadimiy Vardonzening tarixidan so‘ylasin,
Kelgan har bir mehmonni shodon kutib siylasin.
Azizlar nazari bor, Shofirkon bir chamandir,
Fayzu barokat yurti, beqiyos bir vatandir.
Nizom Namozov

Joriy yilning 5 avgust kuni akademik To‘ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman AKMda Shofirkon go‘shasida yashab, badiiy ijodga muhabbat qo‘yib kelayotgan yigirma nafardan ziyod shoir va yozuvchilar bilan hamkorlikda “Shofirkon shoir va yozuvchilari: kecha, bugun va ertaga” nomli mushoira kechasi bo‘lib o‘tdi.
Shofirkonning elga manzur ijodkorlaridan O.Abdulla, K.Zulfiqor, A.Temirov, S.Valiyeva, Z.Ochilova, A.Namozova, M.Narziyeva, G.Sharopova, S.Ashurova va boshqalar so‘zga chiqib, o‘z ijodlaridan namunalar keltirdilar.
Xulosa qilib aytganda, bu kabi tadbirlar kitobga mehr qo‘ygan har bir kitobxon uchun chinakam shodiyonadir.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *