Akademik To’ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman axborot-kutubxona markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 9-son qaroriga asosan, respublika miqyosida 2026-yil 13-17-aprel kunlari “Kitobxonlik haftaligi” o‘tkazilishi munosabati bilan “Kitobxonlik haftaligi” doirasida belgilangan chora-tadbirlar rejasiga asosan joriy yilning 13 aprel kuni tuman xalq ta’limi bolimi, 40-son tuman Madaniyat bo‘limi, Qalmaqon MFY, “Nuroniylar” jamg‘armasi Shofirkon tuman bo‘limi, “Iste’dod gulshani” kitobxonlar klubi, faol kitobxonlar, axborot-kutubxona markazi xodimlari bilan hamkorlikda Shofirkonlik shoira Ra’no Obidovaning “Qanotim bo‘lsaydi” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.



Tadbirda shofirkonlik yosh shoira Ra’no Obidova so‘z olib, “Kitobimning taqdimotiga meni qo’llab-quvvatlash va ilhom baxsh etish uchun tashrif buyurgan barcha aziz insonlardan boshim ko’kka yetdi. Shu darajaga yetishishimda ustozim shoir O.Abdullaning o’rinlari beqiyosdir” -deya o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi hamda “Qanotim bo‘lsaydi” nomli kitobidan o‘rin olgan she’rlaridan o‘qib berdi.

Tadbir davomida “Iste’dod gulshani” kitobxonlar klubi, faol kitobxonlar tomonidan shoira R. Obidovaning “Qanotim bo‘lsaydi” nomli kitobidan o‘rin olgan “Qanotim bo‘lsaydi”, “Dadajon”,”Do‘stlarim”,”Volidam” nomli she’rlarini yod aytib berdilar.


Taqdimot davomida shoira R. Obidova kitobxonlarni qiziqtirgan savollariga javob berdi.


Xulosa qilib aytganda, “Kitobxonlik haftaligi” kitobxonlarga bir olam quvonch berib, kitobga, adabiyotga bo‘lgan qiziqishlari yanada ortishiga xizmat qilmoqda.