BOBO RAVSHAN
Shom bilan tong orasi
Olis-olislardan do‘mbira va baxshining bo‘g‘iq ovozi quloqqa chalinadi. Yuraging jimirlab ketadi. Go‘yo Alpomish Boysun dashtlarida ot choptirib yurganday, Barchin unga kelaqol deb chorlaganday. Doston eshitgan odam shu ko‘yga tushishi shubhasiz.
Bobo Ravshanning asarlarida shu latif tuyg‘uni yana bir-bor his qilasiz. Uning barcha yozganlarida mungli kuy quloqqa chalinib turadi. Kitob Siz aziz o‘quvchilarga manzur bo‘lishiga ishonamiz.
