📘Baxtiqaro Kerri
✍️Teodor Drayzer
📚Bu kitob AQSHda yashab ijod etgan ingliz adibi Teodor Drayzer qalamiga mansub. Ushbu romanni o‘zbek tiliga rus tili orqali Erkin Nosirov “Baxtiqaro Kerri” nomi ostida tarjima qilgan.
📖Ushbu kitob ilk bor o‘zbek tilida 1973-yilda chop etilgan. Bu davrdagi nashrida ayrim so‘z va jumlalarning maʼnosi izohlanmagan yoki ruscha so‘zlar,yoki baynalmilal jumlalar orqali berilgan edi. Bu holat bilan biz tarjimonlarni yoki o‘sha davr nashriyoti xodimlarini kamsitish fikridan yiroqmiz.
📜”Baxtiqaro Kerri” asari jahon adabiyotining o‘lmas durdonalaridan biri hisoblanadi! Ushbu asar vatanimizda ham bir necha bor qayta chop etilgan.Chunki har doim bu kitobga talab katta bo‘lgan.
⏳Asarning asosiy qahramoni Kerri (Karolina Miber)-o‘z kelajagini taʼminlash uchun opasi yashaydigan shaharga-Chikago poyezda yo‘l oladi.Lekin poyezdda uning kelajagini tubdan o‘zgartirib yuborgan odam bilan tanishadi…

