Buxoronoma gazetasining 2026 yil 18-sonida Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi nodir qo’lyozmalar bo’limi mudiri, filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori Munisjon Hakimovning “Ilm – fidoyilar maydoni” nomli maqolasi chop etilgan. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Fan arbobi, taniqli o‘zbek folklorshunos olimi, filologiya fanlari doktori, professor va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi To‘ra Mirzayevning hayot yo’li va umri davomida erishgan yutuqlari hamda o’zbek folklorshunosligiga qo’shgan hissasi haqida so’z yuritiladi.

