15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan yurtimizda oila institutini mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash hamda sog‘lom ma’naviy muhitni qaror toptirishga qaratilgan ezgu tashabbuslar keng nishonlanmoqda.
Bugungi Yangi O‘zbekistonda oila masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilib, oilalarni qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash, farzandlar tarbiyasi va oilaviy muhit barqarorligini ta’minlash borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 15 may kuni Shofirkon tuman hokimligida “Xalqaro oila kuni — jamiyat barqarorligi va ezgu qadriyatlar timsoli” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.
Shu muborak sana munosabati bilan tumandagi o‘n ikki nafar oila aʼzolari “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.







