Abdurauf Fitrat Markaziy Osiyo ziyolilarining eng ko‘zga ko‘ringan va ta’sir doirasi kuchli bo‘lgan vakillaridan biri hisoblanadi. U yozuvchi, shoir, jurnalist, siyosiy arbob va Turkiston jadidchiligining g‘oyaviy yetakchilaridan biri sifatida tanilgan.
Joriy yilning 26-avgust kuni akademik To’ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman AKMda faol kitobxonlar bilan hamkorlikda o‘zbek yozuvchisi, jamoat arbobi, olim va faylasuf Abdurauf Fitrat tavalludining 140 yilligi munosabati bilan “Yurt va millat fidoiylari yoddan chiqmaslar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda abonomentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish mutaxassisi G.Mustaqimova so’zga chiqib, o‘zbek yozuvchisi, jamoat arbobi, olim va faylasuf Abdurauf Fitrat hayoti, uning she’riy to’plamlari, asarlari, dostonlari, tarjima sohasidagi xizmatlari haqida so`zlab, Abdurauf Fitrat ijodini keng targ`ib qildi.
Shundan so’ng faol kitobxonlar tomonidan Abdurauf Fitrat qalamiga mansub she’rlari tinglandi.
Tadbir davomida axborot-kommunikatsiya texnologiya va raqamlashtirish xizmati tomonidan o‘zbek yozuvchisi, jamoat arbobi, olim va faylasuf Abdurauf Fitrat tavalludining 140 yilligi munosabati bilan “Adabiyotimiz tarixida ma’rifatparvar sifatida tanilgan shoir va olim” nomli buktreyler namoyish etildi.
Axborot-bibliografiya xizmati bo‘limi tomonidan 31 avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuniga bag‘ishlab “Istiqlol va ma`rifat kurashchisi” nomli adabiyotlar sharhi o‘tkazildi.
XX asr boshlarida Fitratning ulkan iste’dodi va zakovati tufayli yaratilgan asarlarini hech bo’lmaganda yangi asr bo’sag’asida xalqqa qaytarish o’zbek ziyolilarining burchidir.










