“Yurtim qadriyatlari” mavzusida insholar tanlovi
“Yurtim qadriyatlari” mavzusida insholar tanlovi

“Yurtim qadriyatlari” mavzusida insholar tanlovi

“Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida joriy yilning 17 iyun kuni akademik Toʻra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman axborot-kutubxona markazida o‘quvchi yoshlar ishtirokida “Yurtim qadriyatlari” mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi.
Mazkur tanlovning asosiy maqsadi yosh avlod qalbida milliy qadriyatlarimizga hurmat va ehtirom tuyg‘usini yanada mustahkamlash, ona Vatanga muhabbat, milliy an’ana va urf-odatlarga sadoqat ruhini yuksaltirishdan iborat bo‘ldi.
Tanlov davomida ishtirokchilar xalqimizning boy ma’naviy merosi, ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan qadriyatlar, oilaviy tarbiya, milliy an’analar hamda yurt ravnaqi yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida o‘z fikr-mulohazalarini ijodiy yondashuv asosida bayon etdilar.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *