O‘zbek milliy matolari deganda ko‘z o‘ngimizda kamalak ranglarda tovlanuvchi atlasu- adraslar namoyon bo‘ladi. Usta hunarmandlarning mashaqqatli mehnati, qobiliyati, mahorati natijasida yaralgan atlas, adras, beqasam kabi bir-biridan bejirim matolar nihoyatda qadrlidir.
“Milliy liboslarda – qadriyat aks etadi”
Milliy liboslar – bu nafaqat mato va naqshlar, balki ajdodlarimizning boy tarixi, urf-odatlari va an’analari mujassam bo‘lgan madaniy merosdir. Ular orqali biz ajdodlarimizning didi, hayot tarzi va estetik qarashlarini his qilamiz.
Milliyligimizni asrab-avaylaylik va kelajak avlodga yetkazaylik!







