Xotira va Qadrlash kuni – bu yurtimiz uchun jonini fido qilgan, Vatan himoyasida ko‘p azoblarni o‘tagan barcha qahramonlarimizni eslab, ularga hurmat ko‘rsatish kunidir.
Bu kun bizni birdamlikka, qadriyatlarimizni ardoqlashga va tinchlikni asrashga undaydi. Har birimiz qalbimizda xotirani tirik tutish, uni avlodlarga yetkazishdek yuksak burchga egamiz.
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq” nomli tayyorlangan videorolik.
