Oila -jamiyatning asosiy boshlang‘ich bo‘g‘ini, go‘zal urf-odatlar, milliy qadriyat va an’analarlarni o‘zida asrovchi, asrlar osha tarbiyada o‘ziga xos milliylikni shakllantiruvchi muqaddas maskan. Oila tinch bo‘lsa, mahalla tinch, jamiyat farovon, davlat mustahkam bo‘ladi.
Joriy yilning 14-may kuni Shofirkon tuman AKMda 15 may-Butun jahon oila kuniga bag‘ishlab “Oila- muqaddas dargoh” nomli kitob-rasmli ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Mazkur ko‘rgazmada oila muqaddasligi, oilaviy qadriyatlar, farzand tarbiyasi, milliy an’analar hamda sog‘lom ma’naviy muhitni targ‘ib etuvchi badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar o‘rin olgan.
Ko‘rgazmadan ko‘zlangan asosiy maqsad- kitobxonlar, ayniqsa yoshlar qalbida oilaga mehr-muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va ma’naviy barkamollik tuyg‘ularini mustahkamlashdan iborat.








