Nurga to‘la nur makonim,
Baxtga to‘la hur makonim,
Bolam deb bag‘riga bosgan,
Onajonim Shofirkonim!
Qutlug‘ bo‘lsin ulug‘ yoshing,
Asrga teng seni boshing.
Iqbolga chorlar quyoshing,
Onajonim, Shofirkonim!
Boshga qo‘ngan baxt qushisan.
Donolarning beshigisan,
Ilmu urfon eshigisan.
Onajonim, Shofirkonim!
Ne— ne buyuk ajdodlarga,
Ona bo‘lib, avlodlarga,
Siyna tutding pok zotlarga,
Onajonim, Shofirkonim!
Mehr porlar qarog‘ingda,
Baxt xidi bor, tuprog‘ingda,
Armonim yo‘q quchog‘ingda,
Onajonim, Shofirkonim!
Baxti kulgan peshonamsan,
Muborakbod ostonamsan.
Tuy boshlagan tuy xonamsan,
Onajonim, Shofirkonim!
Salomat bo‘l, bo‘lgin omon,
Sen hamisha bo‘l navqiron.
Olqishlaydi har bitta jon,
Onajonim, Shofirkonim!,
Onam, jonim, Shofirkonim!
SAODAT VALIYEVA
