Muallif: Jek London
Asar nomi: “Muhabbat va matonat ”
Asarlarida insonning tabiat ustidan hukmronlikka intilishini qoralagan Jek London hikoyalarida bir xil toifadagi turfa feʼl-atvorli kishilar hayoti va ular tiynatidagi evrilishlarni aks ettiradi. Ular erkka intiladilar, oʻz burch va majburiyatlarini har xil sharoitlarda sinab koʻradilar, hayot mashaqqatlarida toblanadilar. Adib oʻz hikoyalarida inson eng ogʻir sharoitlarda ham ojiz emasligini isbotlaydi. Barchasi insonning ruhiyati, maʼnaviy dunyosi hamda irodasiga bogʻliq.
Mazkur toʻplamga Jek London ijodining turli bosqichlarida yaratilgan hikoyalari va esselari jamlangan boʻlib, ular, shubhasiz, oʻquvchi botinida burilish yasaydi.
Toʻplam keng kitobxonlar auditoriyasi va adabiyot ixlosmandlariga moʻljallangan.

