Lirik_chekinish                                                                                                                                                                                                                   JONIM OTAM – MЕHRIBON ONAM
Lirik_chekinish JONIM OTAM – MЕHRIBON ONAM

Lirik_chekinish JONIM OTAM – MЕHRIBON ONAM

Sizni eslab, ko’zimda namlar,
Qiynar sog’inch, dardu – sitamlar.
Bor edingiz, yo’q, edi g’amlar,
Jonim otam – mehribon onam.

Yo’lim yoritdingiz, bo’lib sham,
Ko’z o’ngimda, chehrangiz har dam.
Jannatlarda yurgan farishtam,
Gamxo’r otam- qadrdon onam,

Shirin suhan, kamtar- beozor,
Qalbingiz pok edi-beg’ubor.
Sizsiz dunyo, ko’zlarimga tor,
Jonim otam – mehribon onam.

Halollikni o’rgandik sizdan,
Nur yog’ardi, yuzlaringizdan.
O’rgilayin – izlaringizdan
Gamxo’r otam- qadrdon onam.

O’stirdingiz bekam- beminnat,
Orom olmay, qildingiz mehnat.
Pok ruhingiz shod bo’lsin faqat,
Jonim otam – mehribon onam.

Sizni qo’msab, yurak yig’lar zor,
Kelib – keting iltimos bir bor.
Soginib she’r bitdi- Zulxumor,
Gamxo’r otam – qadrdon onam.
Jonim otam, mehribon onam.

ZULXUMOR OCHILOVA

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *