Joriy yilning 25 may kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Shofirkon tumani boʻlinmasi xodimlari tomonidan Shofirkon tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari ishtirokida “Temurbek” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida kitobning mazmun-mohiyati, unda ilgari surilgan vatanparvarlik, fidoyilik va maʼnaviy qadriyatlar haqida batafsil soʻz yuritildi.
Taqdimotda kitob yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalash, ularda tarixiy xotira va ajdodlar merosiga hurmat tuygʻusini shakllantirishdagi ahamiyati alohida taʼkidlandi. Ishtirokchilar tomonidan asar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, bunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning jamiyat hayotidagi oʻrni eʼtirof etildi.
Tadbir yakunida kitob mutolaasini keng targʻib qilish, yoshlar oʻrtasida maʼnaviy immunitetni mustahkamlash hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar berildi.







