Jahonning aksariyat mamlakatlarida yozning ilk kuni —1-iyun sanasi bolajonlar uchun katta bayram sifatida keng nishonlanadi. Bu yil mazkur sana butun dunyo bo‘ylab 76-marotaba tantana qilinmoqda.
1 iyun kuni Shofirkon tumanida 1 iyun- Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab “Yangi O‘zbekiston ertasimiz – mustaqil yurt erkasimiz” adabiy-musiqiy kecha bo’lib o tdi.
Tadbirda tuman hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, hamda yuzlab bolajonlar ishtirok etdi. Bayram dasturi doirasida bolalarning iste’dodlarini namoyon etishlariga qaratilgan turli ko‘rgazma va musobaqalar o‘tkazildi.
Tadbir bolajonlar uchun yanada ko‘tarinki kayfiyatda davom etdi. Bayram doirasida tashkil etilgan konsert dasturida iqtidorli yoshlar hamda san’atkorlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Bolajonlar esa o‘zlarining quvnoq va jozibador raqslari bilan bayramga yanada fayz bag‘ishladilar.
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Shofirkon tuman bo‘linmasi hamda tuman Axborot-kutubxona markazi hamkorligida yosh avlodning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida kitob yarmarkasi tashkil etildi.
Mazkur yarmarkada turli yo‘nalishdagi badiiy, ilmiy-ommabop hamda bolalar adabiyotlariga oid kitoblar keng namoyish etildi. Tadbir davomida o‘quvchilar va yoshlar o‘zlariga manzur bo‘lgan kitoblar bilan tanishish, ularni xarid qilish hamda mutolaa madaniyatini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Bunday ezgu tashabbuslar yosh avlodni bilimli, tafakkuri keng va ma’naviy barkamol etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram hisoblanadi. Albatta, bola bu dunyo, bola bu hayot mazmunining ajralmas qismidir. Bolalar o‘z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadilar. Ko‘zlarida ezgulik va mehr qalqib turgan bolajon musaffo osmonda erkin parvoz etayotgan qaldirg‘och misoli.
Akademik T. Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman AKMda 1 iyun- Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlab “Dunyoni bolalarga beraylik” kitob-rasmli ko‘rgazmasi chiqarildi.
Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga bo`lgan e`tibor davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Chunki yosh avlodning har tomonlama shakllanishida kitob mutolaasining o`rni beqiyosdir.










