Mahalla kutubxonasiga uslubiy yordam ko’rsatildi
Mahalla kutubxonasiga uslubiy yordam ko’rsatildi

Mahalla kutubxonasiga uslubiy yordam ko’rsatildi

Mahallada kitobxonlik – jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish, yosh avlodni bilimli va tarbiyali etib voyaga yetkazishda muhim o‘rin tutadi.
Jumladan, Boboato MFYda mahalla kutubxonasi tashkil etilgan bo‘lib, joriy yilning 4-iyun kuni AKM mutaxassislari I.Bekmurodova va M.Sunnatovalar tomonidan uslubiy yordam ko‘rsatildi.
Kitob fondini ro‘yxatga olish, kitobga texnik ishlov berish, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish, davriy nashrlarni joylashrtirish hamda kutubxonadan foydalanish qoidalari haqida tushunchalar berib o‘tildi.
Kitobxonlik bor joyda ma’naviyat yuksaladi, ilm-fanga qiziqish ortadi, jamiyat taraqqiy etadi. Ayniqsa, mahalla muhitida kitobxonlikni targ‘ib qilish orqali oilalarda ham kitob o‘qish an’anasi shakllanadi. Bu esa kelajak avlodning komil inson bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *