Milliylik — bu xalqning tarixi, tili, madaniyati, urf-odatlari va milliy g‘ururini o‘zida mujassam etgan ma’naviy qadriyatlar majmuidir. U insonni o‘zligiga bog‘lab turuvchi ildiz. Bugungi kunda milliy o‘zlikni anglash faqatgina o‘tmish bilan yashash emas, balki boy merosimizni chuqur hurmat qilish va uni kelajak avlodga bezavol yetkazishdan iborat.
Milliylik va zamonaviylikning o‘zaro uyg‘unligi orqali yaratilgan dizaynlar –bu o‘zbek xalqining madaniy yodgorligi, tarixiy xotirasi va estetik qarashlarining zamonaviy ifodasidir.
Milliy libos – millat qiyofasi, inson ko‘rki, milliy iftixor ifodasi
Milliylik –bu faqat o‘tmish emas, balki zamon bilan hamnafaslikda yangi g‘oyalarni tug‘diruvchi ilhom manbai sifatida qaralmoqda.





