Mehr insoniy fazilat,
Bog‘lab qo‘yar ikki dilni.
Mehrda baxt mujassamdir,
Birlashtirar ikki tilni.
Mehr shunday mulloyimki,
Mayinligi ipakka teng.
Uni saqlab bilgan qalblar,
Bamisoli daryoday keng.
Dilni obod, elni obod,
Etgan odamlar bor bo‘lsin. Sadoqatda, oqibatda,
Hamisha bar qaror bo‘lsin.
Gullasin ishq, yayrasin ishq,
Bu hayotning bo‘stonida.
Mehr kulsin, baxt quvonsin,
Har taqdirning dostonida.
Saodat sen sevib saqla,
Siylai rahm borini.
Niyat qil barcha do‘stlaring,
Mehr bilan bo‘lmog‘ini.
Istagim shu jon do‘stlarim.
Bo‘ling mehr oqibatda.
Hayot go‘zal, ey Saodat,
Yasha mehr-la, rohatda!
SAODAT VALIYEVA
