Insonni komillikka yetaklaydigan eng buyuk kuch–bu ma’rifatdir. Ma’rifatning eng yuksak ifodasi esa adabiyotdir. Adabiyot qalbni tarbiyalaydi, tafakkurni boyitadi, Vatanga muhabbat va milliy o‘zlik tuyg‘usini mustahkamlaydi. Shu ma’noda Rauf Parfi ijodi o‘zbek she’riyatining ma’naviy xazinasida alohida o‘rin egallaydi.
9 iyul kuni Shofirkon tuman AKMda aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilgan shofirkonlik qalami o‘tkir, olim, filologiya fanlari doktori, professor Olim Oltinbekning “Rauf Parfi shaxsiyati va she’riyati poetikasi” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Rauf Parfi ijodini anglashda Olim Oltinbekning ilmiy merosi muhim manbalardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.
Tadbir davomida shofirkonlik Olim Oltinbekning adabiyotimiz she’riyatiga kirib kelishi, adabiiy-ilmiy xizmatlari haqida so‘z yuritilib, o‘zbek adabiyotida she’riy tafakkurning yangilanishida iste’dodli shoir Rauf Parfining o‘rni, hayot va ijod yo‘li hamda poetik mahorati haqida fikr mulohazalar yuritildi va “Rauf Parfi shaxsiyati va she’riyati poetikasi” kitobda shoir foydalangan poetik janrlar, she’riy shakllar, u qo‘llagan poetik figura va ko‘chimlar, she’rlarining vazni hamda qofiya turlari haqida atroflicha to‘xtalihsga harakat qilinganligi ta’kidlab o‘tildi.








