Kitob mutolaasi — inson tafakkurini yuksaltiruvchi, dunyoqarashini kengaytiruvchi va ma’naviy olamini boyituvchi eng buyuk vositadir. U shunchaki harflarni o’qish emas, balki muallif fikrini anglash, qalbga singdirish va hayotiy xulosalar chiqarish jarayonidir.
Axborot-kutubxona markazida yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda ularni kutubxonada yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Kitob mutolaasiga havas avvalo, oiladan boshlanadi. Farzand hayotida eng birinchi o’rinli ustozi uning onasi hisoblanadi, shu boisdan ona kitobxon bo’lsa bola ham kitobga mehr qo’yadi va onadan o’rnak oladi.
Oilaviy kitobxonlar ishtirokida 15 iyul kuni Shofirkon tuman AKMga kutubxona bo’ylab sayohat uyushtirildi.
Sayohat davomida kitobxonlar AKMning boy kitob fondi, kitobxonlarga xizmat koʻrsatish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.





