“Ijodkorning ko‘ngil olami” mavzusida davra suhbati
“Ijodkorning ko‘ngil olami” mavzusida davra suhbati

“Ijodkorning ko‘ngil olami” mavzusida davra suhbati

Omon Muxtorning serqirra ijodi va boy adabiy merosi bugun ham kitobxonlar qalbidan chuqur o‘rin egallab, milliy adabiyotimiz ravnaqiga xizmat qilishda davom etmoqda.
Taniqli o‘zbek yozuvchisi, shoir, dramaturg va tarjimon Omon Muxtor tavalludining 85 yilligi munosabati bilan joriy yilning 17 iyul kuni AKMda “Ijodkorning ko‘ngil olami” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida adibning hayot yo‘li, serqirra ijodi, o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi va asarlarining badiiy-falsafiy ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Davra suhbati yoshlarni milliy adabiyotimizni chuqur o‘rganishga, mutolaa madaniyatini yuksaltirishga va buyuk adiblarimizning boy ma’naviy merosini qadrlash ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *