Onalarimizning, farzandlarimizning bilim olishga bo‘lgan ishtiyoji, kitobga bo‘lgan mehri kuchli bo‘lsa, ularning madaniyati, ma’naviyati yuksalib boradi.Oilalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida AKMda 17-iyul kuni “Kitobxonlik oiladan boshlanadi, kitobxon ona-kitobxon bola” g‘oyasini keng targ‘ib qilgan holda “Kitobxon onalar kuni” munosabati bilan “Kitob va kitobxonlik–inson ma’naviyati ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati bo’lib o‘tdi.
Tadbirda kitob-bilim manbai, insonni kamolotga eltuvchi yo‘l ekanligi, oilada kitobning o‘rni haqida so‘z yuritildi.
Tadbir xotin-qizlarimiz, uy bekalari orasida kitobxonlikni targʻib qilish, kitobxon onalar sonini koʻpaytirish orqali farzandlar tarbiyasini, maʼnaviyatini oshirishga xizmat qildi.







