Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish ishlarni muvofiqlashtirish maqsadida bugun Shofirkon tuman AKMda “Huquqbuzarliklarning oldini olish ustuvor vazifa” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.
Tadbir davomida tuman IIB Probatsiya guruhi hisobida turgan nazoratdagi shaxslar bilan uchrashuv tashkil qilinib, nazoratdagi shaxslar hayotga moslashtirish qayta jinoyat sodir qilmasliklari boʻyicha profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.
Masʼullar tomonidan axborot xavfsizligini taʼminlash, qayta jinoyat qilmaslik, diniy ekstremizm va radikal gʻoyalarning salbiy oqibatlari jamiyat va shaxs hayotiga zararli taʼsiri haqida maʼlumotlar berildi.
Tadbir so’ngida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar olindi, huquqiy madaniyatni oshirish, xizmat va kundalik hayotda qonunichilikka qatʼiy rioya etish muhimligi taʼkidlandi va kutubxona bo’ylab sayohat uyushtirildi.






