“Hamjihatlik – Yangi O’zbekiston taraqqiyotining muhim qadriyati” mavzusida bayramona madaniy tadbirlar tashkil etildi
“Hamjihatlik – Yangi O’zbekiston taraqqiyotining muhim qadriyati” mavzusida bayramona madaniy tadbirlar tashkil etildi

“Hamjihatlik – Yangi O’zbekiston taraqqiyotining muhim qadriyati” mavzusida bayramona madaniy tadbirlar tashkil etildi

30-iyul — Xalqaro do‘stlik kuni munosabati bilan “Do’stlik -tinchlik va hamjihatlik ko’prigi!” shiori ostida “Hamjihatlik – Yangi O’zbekiston taraqqiyotining muhim qadriyati” mavzusida Shofirkon tuman istirohat bog‘ida bayramona madaniy tadbirlar tashkil etildi.
Tadbir doirasida korxona va tashkilotlar ishtirokida osh festivali o‘tkazildi. Shuningdek, nuroniylar uchun “Nuroniylar maskani”da alohida dam olish va muloqot maydoni tashkil etildi.
Sportsevarlar uchun milliy sportimiz — kurash bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilayotgan bo‘lsa, Shofirkon tuman Madaniyat markazi ijodkorlari tomonidan bayram konsert dasturi namoyish etildi.
Konsert davomida turli millat va davlatlarning kuy-qo‘shiqlari hamda milliy raqslari ijro etilib, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, hamjihatlik va bag‘rikenglik g‘oyalari tarannum etildi.
Xalqaro do‘stlik kuni barchani tinchlik, hamjihatlik va o‘zaro hurmat ruhida birlashtirayotgan unutilmas bayramga aylandi.
Do‘stlik, hamjihatlik, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik insoniyatni ezgu maqsadlar sari birlashtiruvchi eng ulug‘ qadriyatlardandir. Turli millat va elat vakillari ahillikda, tinch-totuv yashayotgan yurtimizda ana shu qadriyatlar yanada mustahkamlanib bormoqda.
Xalqaro do‘stlik kuni munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirida Churuq ovulidan tashrif buyurgan qozoq millatiga mansub qardoshlarimiz ham faol ishtirok etib, do‘stlik va hamjihatlik muhitiga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Xalqaro do‘stlik kuni munosabati bilan Shofirkon tumani istirohat bog‘ida o‘tkazilgan osh festivali yakunlariga ko‘ra, hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning mahorati, oshning ta’mi, taqdimoti va milliy an’analarga sodiqligi baholanib, g‘oliblar aniqlandi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *