“Kitob -inson qalbini yoritadigan eng buyuk nur, O’tkir Hoshimov esa bu nurni asarlari orqali avlodlarga ulashgan adibdir”.
šBugun akademik To’ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman axborot-kutubxona markazida Oāzbekiston xalq yozuvchisi Oātkir Hoshimov tavalludi munosabati bilan “El sevgan adib” nomli kitob-rasmli ko’rgazmasi tashkil etildi.
šKo’rgazmada adibning mashhur asarlari, ocherklar toāplami, nasriy asarlari, qissalari, romanlari o’rin olgan. Ushbu asarlar kitobxonlarni ezgulikka, sabr- toqatli bo’lishga, ota-onani qadrlashga va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalaydi.
šOātkir Hoshimovning ijodi bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Uninig asarlarini mutolaa qilish har bir kitobxonga hayotning mazmunini, insoniy fazilatlar va mehr-muhabbat qadrini chuqurroq anglashga yordam beradi.





