Milliy qadriyatlar, urf-odatlar, tilda, kiyimda, san’atda, madaniyatda, hatto har bir harakatimizda o‘z aksini topadi. Bu – ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan bebaho boylikdir.
Milliylik bu — nafaqat libos, balki yurakdagi faxr, o‘z ildizlarimizga hurmat, ajdodlarimiz merosini qadrlashdir.
Milliy urf-odatlar millatning, elat va etnik guruhlarning oʻziga xos qiyofasini belgilovchi xususiyatdir.
Milliy liboslar zamonaviy uslublar bilan uyg‘unlashib, kundalik hayotimizga ham kirib keldi. Ularni kiyish nafaqat go‘zallikni, balki milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatni namoyon etadi.
Milliy kiyimlarimizni asraylik va targ‘ib qilaylik, chunki ular – milliy madaniyatimiz bezagi, o‘zligimizning yorqin ifodasidir.
Shofirkon tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari ham aholiga milliy liboslarda xizmat ko‘rsatib, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lashda namunali ish olib bormoqda.





