Bugun akademik To’ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman AКМda RMMM tuman bo’linmasi bilan hamkorlikda oilalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, oilalarda o‘zaro mehr-oqibat, odob-axloq va ma’naviy muhitni yanada mustahkamlash maqsadida “Biz — kitobxon oilamiz!” tanlovining tuman bosqichi bo’lib o’tdi.
Oilalarning barcha qatlamlarini kitob o‘qishga da’vat etish, kitobga bo‘lgan qiziqishini va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash yo’lida o‘tkazilgan ushbu tanlovda faol ishtirok etgan 1-o’rin sohibi Aslonovlar oilasi tumanimiz sharafini munosib himoya qilish uchun viloyat bosqichida ishtirok etish yo’llanmasini qo’lga kiritdi.
Mazkur tanlov oilalarda kitobxonlik an’analarini kengaytirish, farzandlarni ma’naviy yetuk, bilimli va dunyoqarashi keng insonlar etib tarbiyalash yo‘lidagi muhim tashabbuslardan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.








