✍️Qahramon Rajabov.
📖 1924 Turkistonning parchalanishi
🏛Turkistonda 1924-yilning kuzida o‘tkazilgan milliy-hududiy chegaralanish siyosati natijasida mintaqa parchalab tashlandi.
✅O‘zbekiston SSR, boshqa ittifoqdosh hamda avtonom respublikalar va viloyatlar tuzilishi bilan bolshevistik mafkura O’rta Osiyo xalqlarining “milliy davlatchiligi” tashkil qilindi, deb iddao qilinsa ham, aslida “mustaqil milliy sovet respublikalari va avtonom viloyatlari” bo‘lgan mazkur tuzilmalar davlatchilikdan juda yiroq edi.
📕 Kreml yuritgan bunday “milliy tuzilmalar” aslida yagona sovet davlatining bir qismi, uning bo‘laklari hisoblangan. Kommunistik mafkura hukmron bo‘lgan qizil imperiya davrida xalqimiz chegaralanish siyosatidagi asl haqiqatdan, bolsheviklarning makru-xiylasi va qabih rejalaridan mutlaqo bexabar edi.

