Joriy yilning 25-avgust kuni akademik To‘ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman AKMda O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona vatan, Yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Mustaqillik–buyuk va bebaho boylik” mavzusida “Ma’rifat soati” o‘tkazildi.
Biz Vatanimizni qanchalik sevsak, uning xususiyatlari shunchalik ortadi, bu yorug‘ olamda yurtning betakror va yagona ekanini his qilamiz, uning timsolida o‘zimizni, o‘z baxt iqbolimizni ko‘ramiz!
Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, o‘zaro hamjihatlik va birdamlik asosida yangi hayot va farovon kelajakni birgalikda yaratishimiz kerak.







