Shofirkonlik yosh shoira E’zoza Muzaffarovaning “Buyuk orzuyim” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Shofirkonlik yosh shoira E’zoza Muzaffarovaning “Buyuk orzuyim” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Shofirkonlik yosh shoira E’zoza Muzaffarovaning “Buyuk orzuyim” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 24 avgust kuni akademik To‘ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman axborot-kutubxona markazida aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida shofirkonlik yosh shoira E’zoza Muzaffarovaning “Buyuk orzuyim” nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi a’zosi, shoir O.Abdulla, “Shofirkon ovozi” gazetasi bosh muharriri hamda shoir A.Obidov, tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori T.Yo‘ldosheva, tuman ixtisoslashtirilgan maktab, “Iste’dod gulshani” kitobxonlar klubi, faol kitobxonlar, yosh qalamkashlar ishtirok etdilar.
Tadbirda yosh shoira E’.Muzaffarova so‘z olib, “Kitob taqdimotiga meni qo’llab-quvvatlash uchun tashrif buyurgan barcha aziz insonlardan minnatdorman. Shu darajaga yetishishimda ustozim shoir O.Abdullaning o’rinlari beqiyosdir” – deya o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi hamda “Buyuk orzuyim” nomli kitobidan o‘rin olgan she’rlaridan o‘qib berdi.
Tadbir davomida “Iste’dod gulshani” kitobxonlar klubi faollari, tuman ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari shoiraning “Buyuk orzuyim” kitobidan o‘rin olgan she’rlaridan yod aytib berdilar.
Tadbir so‘ngida shoira o‘zining “Buyuk orzuyim” nomli she’riy kitobidan AKM ga sovg‘a qildi.
Ijodkorning navbatdagi “Buyuk orzuyim” nomli kitobi o‘ylaymizki, tez orada o‘zining o‘quvchilariga ega bo‘ladi. Adabiyot atalmish sohir olamga endigina qadam qo‘yayotgan yoshlar uchun mahorat maktabi vazifasini ham o‘taydi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *