Mustaqillikning 35 yilligi — tinchlik, hamjihatlik va ezgu maqsadlar sari bosib o‘tilgan sharafli yo‘lning yorqin ifodasidir.
Joriy yilning 27-avgust kuni akademik To`ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman AKMda faol yoshlar ishtirokida Yoshlar kuni munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo’lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” shiori ostida “Mustaqillikning 35 yilligi – Yangi O’zbekiston yoshlari nigohida” vatanparvarlik va ma’rifat kuni bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida mustaqillik — ajdodlar orzusi, bugungi kun iftixori, kelajak avlod uchun buyuk meros ekanligi ta’kidlandi va mustaqillik haqidagi she’rlar tinglandi.







