O’zbekiston Qahramoni, O’zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmadning ushbu asari adibning ustozlari, shogirdlari, yaxshi-yomon kunlarida birga bo’lgan yor-u do’stlari haqida. Kitobni o’qisangiz, o’zbek adabiyotiga benazir hissa qo’shgan G’afur G’ulom, Oybek, Abdulla Qahhorlarning ijodxonasiga kirgandek bo’lasiz. Ularning kulgulari quloqlaringiz ostida jaranglaydi. Ayniqsa, muallif o’zining umr yo’ldoshi, betakror shoira, vafo malikasi sanalmish Saida Zunnunova hagidagi xotiralarini ko’z yoshisiz o’qiy olmaymiz. Ularning quvonch-u mashaqqatlariga sherik bo’lasiz. Ustozlarining hayoti va ijodi hamisha barchamizga ibrat ekanlihini dil-dilingizdan his qilasiz. Ushbu kitob barcha adabiyotga oshno ko’ngillarni chiroq kabi yoritib, ularning ma’naviy xazinasini boyitishiga ishonamiz.

