El sevgan adib
El sevgan adib

El sevgan adib

Joriy yilning 10-sentabr kuni аkademik To‘ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman AKMда O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli yozuvchi va shoir Shukrullo tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlab “El sevgan adib” kitob-rasmli ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi: kitobxonlarni adibning hayoti, sermahsul ijodi, xususan, qatag‘on davri fojialari va inson qadr-qimmati ulug‘langan asarlari bilan yaqindan tanishtirishdir.
Kitob-rasmli ko‘rgazmasidan adibning hayotiga oid suratlar, ma’lumotlar va ijod namunalari,uning eng zalvorli asarlari o‘rin olgan.
Ko‘rgazma kutubxonaga tashrif buyuruvchi barcha kitobxonlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u adibning boy adabiy merosini keng targ‘ib qilishga xizmat qiladi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *