#Milliylik_bu_bizning_faxrimiz
#Milliylik_bu_bizning_faxrimiz

#Milliylik_bu_bizning_faxrimiz

Milliylik – muayyan xalqqa, millatga xos bo’lgan, uni boshqalardan farqini ko’rsatuvchi xususiyatlar majmui.
Milliylik millatning tarixi, qadriyatlari, anʼanalari, madaniyati, yashash tarzida yaqqol namoyon bo’ladi.
Milliy qadriyatlar, urf-odatlar, tilda, kiyimda, san’atda, madaniyatda,hatto har bir harakatimizda o‘z aksini topadi. Bu–ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan bebaho boylikdir
Milliylikni asrash bu shunchaki urf-odatlarga rioya qilish emas,balki xalq sifatida o‘zligimizni yo‘qotmaslik, ildizimizga sadoqat bilan yashashdir
Yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanayotgan “Milliy liboslar kuni”munosabati bilan Shofirkon tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari ham o‘z ish faoliyatlari davomidai milliylikni targ’ib qilib kelmoqdalar
Har bir millat o‘z qadriyati bilan buyuk. Biz esa, o‘zbek millati sifatida, o‘zligimiz, milliy iftixorimiz, urf-odatlarimiz, tilimiz va madaniyatimiz bilan faxrlanamiz!

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *