Tinchlik – bu har bir insonning orzusi, har bir jamiyatning umidi va har bir millatning barqaror taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan bebaho ne’matdir.
Joriy yilning 15 sentabr kuni akademik To‘ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman AKMda 15 sentabr – Xalqaro tinchlik kuni munosabati bilan “Tinchlik bering dunyoga!” mavzusida “Ma’rifat soati” o‘tkazildi.
Dunyoning turli mamlakatlari, turli qitʼalarida sodir boʻlayotgan urushlar, xunrezliklar har birimizni ogohlikka va hushyorlikka chorlashi va yurtdagi tinchlik uchun shukronalar qilishga davlat etadi.
Biz ham ona O‘zbekistonimizda baxt va farovonlikka erishmoqni istasak, bugungi dorilomon hayot, yashash lazzati, rizq-nasiba ne’mati, orzu-havaslarga erishmoq imkonidan unumli foydalanib, tom ma’noda tinchlik ne’matining qadriga yetaylik.





