Kitobxon yoshlar – kelajak poydevori
Kitobxon yoshlar – kelajak poydevori

Kitobxon yoshlar – kelajak poydevori

Kitob umr yo’llarini yorituvchi so’nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, unga har qanday vaziyatda ham hamroh bo’luvchi sodiq do’st. Insonning ma’naviy kamolotini ta’minlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yo’q.
Yosh avlodning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish, qizlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida 18 sentabr kuni akademik To’ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman AKMda “Kitobxon qizlar” kuni munosabati bilan “Kitobxon yoshlar – kelajak poydevori” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Yoshlar hayotida kitobning alohida o‘rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *