#Tavsiya_etamiz
#Tavsiya_etamiz

#Tavsiya_etamiz

✍️Said Ahmad
📚Qirq besh kun

📘O‘zbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmadning ushbu romani Katta Farg‘ona kanali qurilishi davri haqida hikoya qiladi va xilma-xil tarixiy qahramonlarga boy. Asar o‘zbek xalqining kanal qurilishida ko‘rsatgan fidokorona mehnati, mislsiz qahramonliklari, sevishganlar Azizxon va Lutfinisaning fojeali muhabbati haqida so‘zlaydi.

📕Kitobxon romandagi Ikromjon, Jannatxon, Ummatali, Orzixon aya singari chinakam o‘zbekona qahramonlar bilan tanishadi, ularning mardligi, vatanparvarligi, chin insoniy fazilatlaridan ruhlanadi, o‘rnak oladi. Hatto romandagi Akbarali, Normat singari salbiy qahramonlar muallif tomonidan shunday yorqin tasvirlanganki, ular o‘zining kuchli energetikasi, shaxsiyati bilan o‘quvchini o‘ziga tortadi, loqayd qoldirmaydi. Romandagi dramatik voqealar, qahramonlarning o‘zaro to‘qnashuvlari asarning birinchi betidan to so‘nggi nuqtasigacha kitobxonni o‘ziga ipsiz bog‘lab qo‘yadi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *