To‘ra Mirzayev – ibratli umr sohibi
To‘ra Mirzayev – ibratli umr sohibi

To‘ra Mirzayev – ibratli umr sohibi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi To‘ra Mirzayev nomi nafaqat shofirkonliklar, balki yurtimizning ilm-ziyoli insonlari uchun ham faxr-iftixor ramziga aylangan.
29-sentabr kuni Shofirkon tuman AKMda atoqli folklorshunos, filologiya faniga ulkan hissa qo’shgan fidoyi olim, O’zbekiston Respublikasi Fan arbobi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati akademik To‘ra Mirzayev xotirasiga atab “To‘ra Mirzayev – ibratli umr sohibi” nomli xotira kechasi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbek xalq og‘zaki badiiy ijodi durdonalarini tadqiq va targ‘ib etish, akademik To‘ra Mirzayevning bosib o’tgan hayot yo‘li, faoliyati haqida, uning uslubiy, ilmiy-ommabop ishlari, darslik va o‘quv qo‘llanmalari, kitob, maqola va folklor to‘plamlari haqida kitobxonlarga yetkazish har birimizning vazifamizdir.
Tadbirda O‘zbekiston Jurnalistlar Uyushmasi a’zosi, shoir O.Abdulla, “Shofirkon ovozi” gazetasi bosh muharriri, shoir Alisher Obidov, 40-son tuman Madaniyat markazi, “Iste’dod gulshani” kitobxonlar klubi a’zolari, akademik To‘ra Mirzayevning qarindoshlari, shofirkonlik shoiralar, axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida axborot-kutubxona markazi xodimlari, shofirkonlik shoiralar va faol kitobxonlar o‘zbek folklorshunoslik fanining zabardast vakili To‘ra Mirzayev haqidagi shoir va yozuvchilar qalamiga mansub she’rlardan yod aytib berdilar.
Tadbirda 40-son tuman madaniyat markazi ommaviy tadbirlar rejissori, xonanda O‘.Boltayev ijrosida To‘ra Mirzayev xotirasiga bag‘shlangan she’rlar asosida ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
To‘ra Mirzayevning qarindoshlari so‘zga chiqib, To‘ra Mirzayev haqidagi shirin xotiralarni esga oldilar.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *