“Keksalar haftaligi” doirasida “Bir piyola choy ustida”
“Keksalar haftaligi” doirasida “Bir piyola choy ustida”

“Keksalar haftaligi” doirasida “Bir piyola choy ustida”

2026-yil 13 oktabr kuni 1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Keksalar haftaligi” doirasida mehnat faxriylari ishtirokida kutubxona sohasida ko‘p yillar samarali mehnat qilgan, soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan faxriy ustozlar holidan xabar olinib, “Bir piyola choy ustida” suhbat tashkil qilindi.

AKM mutaxassislari hamda kasaba uyushmasi vakillari ishtirokida faxriy xodimlarning xonadonlariga tashrif buyurildi.

Tashrif davomida yosh avlod bilan boy hayotiy tajribaga ega mehnat faxriylari o‘rtasida muloqot tashkil etilib, yoshlarga ibrat maktabi yaratildi.

Faxriy ustozlarga bayram munosabati bilan samimiy tilaklar bildirilib, ularga sog‘lik-salomatlik, xotirjamlik va uzoq umr tilandi. Shuningdek, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatilib, esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *