Milliy qadriyatlar xalqimizning boy tarixidan so‘zlaydi, bugunini o‘zida mujassam etadi.
Milliy qadriyatlar, urf-odatlar, tilda, kiyimda, san’atda, madaniyatda, hatto har bir harakatimizda o‘z aksini topadi. Bu – ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan bebaho boylikdir.
Har bir elning o‘ziga xos urf-odatlari va qadriyatlari bor. Milliy liboslar ularning ajralmas qismi sanaladi.
Shofirkon tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari ham aholiga milliy liboslarda xizmat ko‘rsatib, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lashda namunali ish olib bormoqda.
Milliylik – yuragimizda, kundalik hayotimizda, bizning har bir qadamimizda yashaydi. Milliy qadriyatlar – bizning o‘zligimiz! Ularni asraylik va targ‘ib qilaylik!






