Kitob – sahroda do‘st, hayot yo‘llarida tayanch, yolg‘izlik damlarida yo‘ldosh, dushmanlarga qarshi kurashda quroldir.
Kitob odamning fikrini kengaytiradi va dunyoqarashini shakllantiradi. Kitobxon bo‘lish esa, nafaqat o‘qish, balki o‘zgarish va rivojlanishning asosidir. Ona va bola o‘rtasidagi aloqada kitobxonlikning roli juda katta. Ona kitobxon bo‘lsa, u o‘z farzandiga faqat bilim emas, balki ma’naviyat va axloqiy qadriyatlarni ham o‘rgatadi.
Jamiyatda kitobxonlikni rivojlantirish, mutolaa madaniyatini takomillashtirish va kitobxon onalar safini kengaytirish maqsadida joriy yilning 19 oktabr kuni Shofirkon tuman AKMda “Kitobxon onalar kuni”da “Kitobxon onadan – ziyoli farzand” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir davomida so‘z olgan kitobxon onalar o‘zlari sevib mutolaa qilgan asarlari yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib, o‘qigan kitoblarining taqdimotini kitobsevarlar bilan o‘rtoqlashdilar.






