Ko’chma kutubxonalarni zamonaviy adabiyotlar bilan ta’minlash – jamiyatda kitobxonlik muhitini kengaytirishda muhim qadamdir.
Kitob – bilimlar xazinasi, insoniyatning asrlar davomida to‘plagan tajribasi, ilm-fan, madaniyat va ma’naviyat mevasi, tafakkurni o‘stiruvchi va qalbni nurlantiruvchi eng yaqin do‘stdir.
Joriy yilning 23-oktyabr kuni akademik To’ra Mirzayev nomidagii Shofirkon tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Agrobank” aksiyadorlik tijorat-bankida tashki etilgan ko’chma kutubxonadagi adabiyotlar yangi kitoblar bilan almashtirildi.
Abonoment va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish mutaxassisi V.Shomatova badiiy adabiyotlar haqida ma’lumot berdi va mutolaa uchun tavsiya etdi.





