Ertaklar yaxshilikka yetaklar
Ertaklar yaxshilikka yetaklar

Ertaklar yaxshilikka yetaklar

“Ertaklar — yaxshilikka yetaklar” iborasi xalq og’zaki ijodi va o’zbek maʼrifatparvarlik anʼanalaridagi mashhur hikmatli tushuncha boʻlib, ertaklarning bolalar tarbiyasidagi ulkan ahamiyatini anglatadi.
Akademik To‘ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman axborot-kutubxona markazida joriy yilning 26 oktabr kuni “Ertaklar yaxshilikka yetaklar” nomli kitob-rasmli ko‘rgazmasi yangi adabiyotlar bilan boyitildi.
AKM mutaxassislari ko’rgazmadagi adabiyotlarni kitobxonlarga tanishtirib o’tdilar hamda mutolaa uchun tavsiya etdilar.
Ertaklar bolalarga odob-axloq, to’g’rilik, do’stlik, sabr va rahmdillik kabi yuksak insoniy fazilatlarni o’rgatadi. Ular orqali yaxshilik har doim yomonlik ustidan g’alaba qozonishi ko’rsatiladi va yosh avlodni ezgulikka undaydi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *