Kitob umr yöllarini yorituvçi sönmas nur, inson hayotiga mazmun baxş etuvçi har qanday vaziyatda ham hamroh böluvçi sodiq döst.Şu bois azal-azaldan ma’rifat peşvolari, ahli donişlar butun insoniyatni kitob örganişga çorlab kelişgan.
Bugun şofirkonlik şoir O.Abdulla, şoira Z.Oçilova, tuman Madaniyat markazi, 38-umuta’lim maktabi öquvçilari iştirokida Şofirkon tuman AKMda «INFOLIB ÖZBEKISTON– 2026» XV Milliy axborot-kutubxona haftaligi tadbirning oçilish marosimi ötkazildi.
Maqsad: axborot-kutubxona sohasini rivojlantiriş, kitobxonlikni keng tarğib qiliş orqali yoşlarning ma’naviy dunyosini boyitiş, milliy va jahon adabiyotini tizimli tarğib qiliş orqali ularning qalbida vatanparvarlik, ezgulik, insonparvarlik singari yuksak insoniy fazilatlarga nisbatan mehr-muhabbat uyğotiş va yoşlar örtasida badiiy adabiyot mutolaasiga bölgan qiziqişlarini oşirişdan iborat.









