Kitob – insoniyat tarixida bilim va ma’naviyatning eng muhim manbalaridan biri hisoblanadi. U asrlar davomida tajriba, ilm-fan, madaniyat va hayotiy hikmatlarni saqlab kelgan bebaho boylikdir.Joriy yilning 10 -iyul kuni Akademik To’ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bilan tashkil etilgan ko’chma kutubxonaga yangi olingan kitoblardan yetkazib berdilar.AKM mutaxasislari N. Muqimova va V. Shomatova keltirilgan badiiy adabiyotlar bilan tanishtirib o’tdilar va mutolaa uchun tavsiya etdilar.







