Inson va fuqaroning huquq va erkinliklari – insonga bekamu ko’st yashash imkoniyatini beruvchi va iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy sohalarda oʻz imkoniyat va talablarining amalga oshirilishini taʼminlovchi huquqiy maqomdir. Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asosidir.
Joriy yilning 13 iyul kuni akademik To’ra Mirzayev nomidagi Shofirkon tuman axborot-kutubxona markazida “Inson huquqlari qonun himoyasida” nomli kitob-rasmli ko’rgazma yangi adabiyotlar bilan boyitildi.
Axborot-kutubxona markazi xizmat rahbari S.Shirinova va mutaxassisi Z.Ahrorovalar kitobxonlarni qonunchilikka oid yangiliklar hamda yangi adabiyotlar bilan tanishtirib, mutolaa uchun tavsiya etdilar.





