📕 Taqdir g‘aroyibotlari
🖊 Jovli Xushboq
Otam-Cattor Xushboq o‘g‘li xotirasiga bag‘ishlayman.
Hayot hamisha qiziqarli, g‘aroyib voqealarga boy. Xalqimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining turli davrlarida bunga istagancha dalillar keltirish mumkin. Qo‘lingizdagi kitobdan o‘rin olgan hikoyalar, publitsistik maqolalar, adabiy o‘ylar, buyuk shaxslar hayotidagi ajabtovur epizodlar, o‘zbekning olis qishlog‘i Istara odamlarining g‘aroyib turmushiga oid hangomalar ham sizni befarq qoldirmaydi, degan umiddamiz.

