Insonning huquqbuzar yoki jinoyatchi bo‘lishiga uning olgan tarbiyasi, oilaviy va tashqi muhit, munosabat o‘rnatgan kishilarining qarashlari va jamiyatda tutgan o‘rinlari ham taʼsir ko‘rsatadi.
Bugun, 14-iyul kuni Shofirkontuman AKMda bo‘lib o‘tgan “Hayot – bebaho ne’mat” mavzusidagi “Ma’rifat soati” ham shu mavzuda ya’ni oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, yoshlar hamda xotin-qizlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlik, o‘z joniga suiqasd va boshqa salbiy holatlarning oldini olish borasida so‘z yuritildi.
Jamiyatimizning ko‘rki bo‘lgan ayolning nozik qo‘llariga kishan emas, gul, qalbiga esa yovuzlik emas, ezgulik yarashadi. Uning tillaridan pushaymonlik, afsus nolasi emas, baxtdan, toledan kuylaydigan allalar yangrashi uchun esa ayollar qonunbuzarligining oldini olish faqat huquq-tartibot idoralari yoki tegishli tashkilotlarninggina emas, hammamizning vazifamizga aylanishi lozim





